«Kelajak olimlari» tanlovi –
maktab oʻquvchilarining tadqiqot ishlari boʻyicha
eng yirik xalqaro nufuzga ega loyihaga aylandi!
Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning aniq,
tabiiy va muhandislik fanlariga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda intellektual salohiyatini
roʻyobga chiqarishdir. Shuningdek, loyiha ilmiy bilimlarni ommalashtirish va pedagoglarning
kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.
ASOSIY SANALAR
ARIZALARNI QABUL QILISH
2026-YIL 25-OKTABRGACHA QOʻSHGAN HOLDA
TANLOVNING YAKUNIY BOSQICHI TOSHKENTDA
2026-YIL 6-8-NOYABR
MUKOFOTLASH TOSHKENTDA
2026-YIL 8-NOYABR
SIRTQI SUPERFINAL
2026-YIL 15-DEKABR
XALQARO ILMIY-TEXNIK TANLOVLARGA DELEGATSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
2027-YIL FEVRAL
YOʻNALISHLAR
Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha* oʻtkaziladi:
Sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar
EdTech: taʼlim texnologiyalari va gamifikatsiya
Ekologiya, yashil texnologiyalar va iqlim
Aqlli shahar, IoT va robototexnika
MedTech: tibbiyot va salomatlik texnologiyalari
AgriTech: qishloq xoʻjaligi texnologiyalari
FinTech va ijtimoiy-iqtisodiy yechimlar
Amaliy fizika, muhandislik va aerokosmik texnologiyalar
Kimyo, materialshunoslik va biologiya
Kiberxavfsizlik, GameDev va media-texnologiyalar
*Agar loyihangiz ilgʻor texnologik muammolarni hal etishga qaratilgan boʻlsa, loyiha nomiga "(NTI)" qoʻshimchasini kiriting. Bunday ishlar soha ekspertlaridan iborat alohida hakamlar hayʼati tomonidan qoʻshimcha baholanadi.
Tanlovda 9–11-sinf va kollej
oʻquvchilari individual hamda jamoaviy (2 kishigacha) loyihalari bilan
qatnashishlari mumkin.
Kichik va oʻrta sinf (3–8-sinf) oʻquvchilari esa
tashkilotchilar qaroriga koʻra tanlovdan tashqari ishtirok etish imkoniyatiga
ega.
Ishtirokchilarning ishlarini tajribali professor-oʻqituvchilar,
xorijlik olimlar hamda soha ekspertlaridan iborat nufuzli hakamlar hayʼati baholab boradi.
TALABLAR
tanlovga taqdim etiladigan loyihalarga
Loyihalar 2025–2026-oʻquv yili davomida yakka tartibda yoki koʻpida 2 kishidan iborat jamoa tomonidan bajarilgan boʻlishi kerak.
Barcha tadqiqotlar maktab, kollej yoki OTM oʻqituvchisi rahbarligida oʻquvchilar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi lozim.
Shunchaki namoyish, axborot tusidagi yoki tayyor adabiyotlarni umumlashtirgan (referativ) ishlar tanlovga qabul qilinmaydi.
Plagiat, maʼlumotlarni soxtalashtirish, oʻzganing mehnatidan noqonuniy foydalanish hamda odobsiz xatti-harakatlar taqiqlanadi. Bunday holatlar aniqlansa, loyiha tanlovning istalgan bosqichida chetlashtiriladi.