Mamlakatimizning barcha hududlaridan 1 000 dan ortiq maktab oʻquvchilari tanlovning asosiy bosqichida qatnashish uchun bellashadilar. Ulardan 200 nafarga yaqini oʻz loyihalarini yetakchi universitetda namoyish etish imkoniga ega boʻladi, gʻoliblar esa xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda qatnashish uchun milliy terma jamoalar tarkibiga saralab olinadi.
| Koʻngilli | Ilmiy hakam | Yosh hakamlar hayʼati jamoasi |
|---|---|---|
| → Volontyorlikka roʻyxatdan oʻtish | → Ilmiy hakamlikka roʻyxatdan oʻtish | → Yosh hakamlikka roʻyxatdan oʻtish |
|
«Kelajak olimlari» tanlovida koʻngilli boʻlish — bu yosh olimlar va
muhandislarning yangi avlodini qoʻllab-quvvatlash uchun ajoyib imkoniyatdir. |
Kimlar hakam boʻlishi mumkin? OTM va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-oʻqituvchilari, doktorant va ilmiy xodimlari; yuqori texnologik va ilm-fan sohasidagi mutaxassislar. | Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha OTM talabalari hamda magistrant/doktorantlari. |
|
Yuzma-yuz bosqichdagi hakamlik jarayoni bir kun — 7-noyabr, shanba kuni
vaqtingizni oladi. Bundan tashqari, 17-18-oktyabr, shanba va yakshanba kunlari
ishtirokchilarni saralash boʻyicha masofaviy ish, dekabr oyida esa superfinal
gʻoliblarini aniqlash boʻyicha masofaviy yordam talab etiladi. Hakam sifatida siz
mamlakatimizning eng iqtidorli oʻquvchilarini ilm-fan va texnika sohasining boʻlajak
yetakchilari boʻlishga ilhomlantirishda muhim oʻrin tutasiz. |
||